The World Without Us

„The World Without Us“ — 2007-yilda amerikalik jurnalist Alan Weisman tomonidan yozilgan va St. Martinʼs Tomas Dunne Books nashriyotida chop etilgan kitob. Kitobda agar yer sayyorasida odamlar toʻsatdan gʻoyib boʻlsa, tabiat va atrof-muhit bilan nima sodir boʻlishi haqida soʻz boradi. Bu Weismanning 2005-yil fevralida chop etilgan „Earth Without People“ maqolasini kitob shaklida chop etilgan variantidir. Kitob muallifning shaxsiy fikrlari asosida yozilgan boʻlib, unda shaharlar va uylarning qanday yomonlashishi, yerda hayot tugaganidan keyin texnogen chiqindilarning qancha vaqtda chirib bitishi va tirik qolgan hayot shakllari qanday rivojlanishi haqida maʼlumot keltirilgan. Weismanning xulosasiga koʻra, turar-joylar 500 yil ichida oʻrmonlarga aylanadi. Yerda eng uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan narsalar sifatida radioaktiv chiqindilar, bronza haykallar, plastmassalar va Rushmor togʻi sanab oʻtilgan. Toʻrtta kitob, jurnallar va koʻplab maqolalar muallifi Weisman akademiklar, olimlar va boshqa rasmiylar bilan suhbatlashish uchun bir qancha davlatga sayohat uyushtirdi. U tabiiy muhitda sodir boʻlayotgan voqealarni tushuntirish va asoslash uchun ushbu suhbatlardan iqtiboslar keltirdi. Kitob koʻplab mamlakatlarda tarjima qilindi va nashr etildi. Bu kitob AQSHda eng muvaffaqiyatli kitoblardan biri boʻldi. 2007-yil sentyabr oyida New York Times Best Seller roʻyxatida 6-oʻrin va San Francisco Chronicle bestsellerlari roʻyxatida 1-oʻrinda eʼtirof etildi. Kitob Time va Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi top 10 real voqealarga asoslangan kitoblari orasida 1-oʻrinni egalladi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search